"Bavariya" darvozasini endi kim himoya qiladi?
17 dek 2022 15:30
Yangiliklar
"Bavariya" darvozasini endi kim himoya qiladi?
Nemis klubi sardori Noyer oyog'ini sindirib oldi va deyarli mavsum so'ngiga qadar safdan chiqdi. SHu sababli Germaniya chempionlari bir nechta ehtimoliy variantlarni o'rganib chiqmoqda. Ayni paytda "Monako"da ijara asosida harakatlanayotgan Aleksandr Nyubel varianti so'roq ostida qolmoqda.
"Alyanc Arena" egalari "Borussiya" Myonxengladbax va SHveycariya terma jamoasi posboni Yann Zommerni kuzatishgan va u bilan aloqaga chiqishgan. Hozircha ushbu kelishuv amalga oshishi borasida xabar berilgani yo'q. Uning transferi ancha arzonga tushadi. Mavsum so'ngida uning klubi bilan shartnomasi yakun topadi.
SHuningdek, 34 yoshli darvozabonga "Inter"dan ham qiziqish bo'lmoqda. "Manchester Yunayted" tajribali posbonni tarkibiga qo'shib olishga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Bugun, 17 dekabr kuni Yann Zommerning tavallud kuni hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar