"Barselona"ning ikki muhim futbolchisi "Osasuna"ga qarshi o'ynamaydi
26 mar 20:55
Yangiliklar
"Barselona"ning ikki muhim futbolchisi "Osasuna"ga qarshi o'ynamaydi
Klub ularga FIFA kunlaridan keyin dam berishga qaror qildi.
"Barselona" klubi terma jamoa o'yinlaridan keyin ikki muhim futbolchisiga dam berishga qaror qildi. Ronald Arauxo va Rafinya "Osasuna"ga qarshi 27 mart kungi o'yinda maydonga tushishmaydi. Bu haqda "Barsa" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik malum qildi.
"Rafinya va Arauxo tarkibda yo'q. Ular o'ynashmaydi, chunki parvoz juda uzoq bo'ldi. Ularning holati optimaldan uzoq. Mashg'ulot va tiklanish bu ikki futbolchi uchun muhimroq.
Jamoa yaxshi formada, bugungi mashg'ulotlarda ajoyib mehnat qilishdi. O'zimizga ishonmoqdamiz. Uch ochko uchun kurashamiz, g'alaba qozonsak, bu ochkolar cho'ntagimizda bo'ladi", -deydi Xans-Diter Flik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar