Barselonaning asosiy hujumchisi El-Klassikoni o'tkazib yuborishi mumkin
25 fev 2019 18:13
Yangiliklar
Barselonaning asosiy hujumchisi El-Klassikoni o'tkazib yuborishi mumkin
Barselona hujumchisi Luis Suarec Ispaniya kubogining yarim final javob bahsini o'tkazib yuborishi mumkin.
Klub mutasaddilari urugvaylik futbolchining eski jarohati takrorlanganidan havotirda.
Suarec o'tgan yilning noyabr oyida tizzasidagi jarohati sabab 2 haftani o'tkazib yuborgandi. O'shanda, futbolchi operaciya qilinmagan. Biroq oyog'idagi og'riq hujumchini muntazam bezovta qilib keladi. Hozircha, "Barselona" Luis haqida rasmiy malumot bermagan. 32 yoshli futbolchi joriy mavsum 24ta uchrashuvda maydonga tushib, 16ta gol urgan va 5ta golga asistentlik qilgandi.
Eslatib o'tamiz, «Kamp Nou»dagi ilk o'yinda 1:1 natijasi qayd etilgan. Javob o'yini esa 28 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 01:00da «Santiago Bernabeu»da bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar