"Barselona"ga Pikening o'zini tutishi yoqmayapti
08 sen 2018 14:14
Yangiliklar
"Barselona"ga Pikening o'zini tutishi yoqmayapti
"Barselona" rahbariyati jamoa himoyachisi Xerard Pike bilan suhbat o'tkazmoqchi.
Rahbariyatning fikricha, futbolchining so'nggi vaqtlardagi ko'plab harakatlari "Barselona" imijiga zarar keltirmoqda. Masalan, Pike ijtimoiy tarmoqlarda "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann o'z jamoasida qolishi haqidagi fikri klubga yoqmadi. SHlemsiz elektrovelosiped haydash va hujjatlari bo'lmay turib mashina boshqarish kabi voqealar "Barselona" amaldorlarini g'azablantirdi. Bundan tashqari, Pikening jamoa sobiq hujumchisi, hozirda PSJ sharafini himoya qilayotgan Neymar bilan yaqinligi ko'k-anorranglilarga yoqmadi.
"Barselona" yaqin haftalar ichida Pike bilan suhbat o'tkazishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид". Ҳусанов жавоб ўйинини бошланғич таркибда бошлайди!
Fikrlar