Pike 0:0 hisobidagi durang uchun jamoalarga ochko bermaslikni taklif qildi
28 fev 15:08
Yangiliklar
Pike 0:0 hisobidagi durang uchun jamoalarga ochko bermaslikni taklif qildi
"Barselona" sobiq himoyachisi Jerar Pike o'yin 0:0 hisobida yakunlangan taqdirda jamoalarni ochkodan mahrum qilish taklifini ilgari surdi
"Futbol stadioniga 100, 200 yoki 300 evro sarflab kirganingizda, o'yin 0:0 hisobida tugamasligi kerak. Nimanidir o'zgartirish zarur. Ko'rib chiqilishi mumkin bo'lgan takliflaridan biri sifatida aytishim mumkinki, o'yin 0:0 hisobida yakunlansa, jamoalar ochkoga ega bo'lmasligi lozim. U holda 70-daqiqadan boshlab uchrashv ochiqroq o'tadi", – dedi Pike.
Eslatib o'tamiz, Jerar Pike "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2023 yilda faoliyatini tugatgan. Faoliyati davomida u Ispaniyaning ikkita klubi – "Saragosa" va "Barselona"da, shuningdek, Angliyaning "Manchester Yunayted"ida o'ynagan. Pike ayni paytda Segundada o'ynaydigan "Andorra" futbol klubi prezidenti hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Роналду дунёнинг машҳур фильмида роль ўйнайди
Fikrlar