"Barselona" Xolandni sotib ololmasa, Lautaro bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko'radi
30 mar 2021 22:09
Yangiliklar
"Barselona" Xolandni sotib ololmasa, Lautaro bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko'radi
Aslida kataloniyaliklar futbolchini o'tgan yozda transfer qilmoqchi bo'lgandi. Ammo koronavirus pandemiyasi sababli moliyaviy holat jar yoqasiga kelib qolganidan so'ng, "Barsa" katta transferlardan voz kechgandi. Ayni damda klub Dortmundning "Borussiya"si hujumchisi Erling Xoland bilan shartnoma imzolash harakatida. Agarda norvegiyalikning transfer ishlari o'xshamasa, "Barselona" Lautaro Martinesga etibor qaratadi.
Lautaroning "Inter" bilan shartnomasi 2023 yil yakuniga etadi. Hozirda futbolchining kelajagi borasida biror tuzukroq malumotlar ham paydo bo'lmayapti. Oldinroq klub prezidenti Stiven CHjan forvard sotilmasligini aytib o'tgandi.
Ushbu mavsumda Lautaro "Inter" tarkibida barcha turnirlarda 37 o'yinda 16 gol va 9 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar