"Barselona" Veynaldumni emas, Tyagoni xarid qilmoqchi. Klub Kumanga bosim o'tkazmoqda
07 sen 2020 15:23
Yangiliklar
"Barselona" Veynaldumni emas, Tyagoni xarid qilmoqchi. Klub Kumanga bosim o'tkazmoqda
"Barselona" rahbariyati va jamoa bosh murabbiyi Ronald Kuman o'rtasida transfer bo'yicha kichik kelishmovchilik bo'lmoqda.
"Ko'k-anorranglilar" xo'jayinlari klubning tarbiyalanuvchisi yarim himoyachi Tyago Alkantarani "Bavariya"dan ketishni istayotgani sabab ortga qaytarmoqchi.
Kuman ham o'z navbatida Niderlandiya terma jamoasida faoliyati orqali unga tanish bo'lgan "Liverpul" xavbeki Jorjino Veynaldumni o'z jamoasida ko'rmoqchi.
"Barselona" esa murabbiyga bosim o'tkazgan holda uni ko'ndirmoqchi. Kataloniyaliklar Tyagoni xarid qilish uchun ilk harakatni boshlashdi va uning vakillari bilan aloqaga chiqishdi.
Oldinroq, faqat Veynaldum "Barselona"ga sotilgan taqdirda "Liverpul" Tyagoni jamoaga olib kelishi mumkinligi aytilgan edi.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar