"Barselona" va "Real" Ispaniya terma jamoasi posboni uchun kurashadi
29 mar 16:04
Yangiliklar
"Barselona" va "Real" Ispaniya terma jamoasi posboni uchun kurashadi
"Espanol" darvozaboni Joan Garsiya top-klublar etiboriga tushdi.
Qayd etilishicha, futbolchini "yarim Evropa" kuzatmoqda. Futbolchini "Atletiko", "Barselona", "Real", PSJ va "Bayer" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Garsiyaning mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Oldinroq, "Espanol" o'z darvozaboni uchun kamida 30 mln evro olmoqchi ekani xabar qilingandi.
Joan Garsiya bu mavsum "Espanol" safida 27 ta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 39ta to'p olib chiqdi. Darvozabon hisobida to'rtta "quruq" o'yin bor. Transfermarkt portali ispaniyalikni 20 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar