"Barselona" sobiq skauti: "Vinisius Junior "Barselona" muxlisi edi. U kataloniyaliklar PSJni 6:1ga yutganda yig'lagan"
26 okt 2021 08:16
Yangiliklar
"Barselona" sobiq skauti: "Vinisius Junior "Barselona" muxlisi edi. U kataloniyaliklar PSJni 6:1ga yutganda yig'lagan"
"Barselona"ning Braziliyadagi sobiq agenti Andre Kyuri klub o'z vaqtida hozirda "Real" forvardi bo'lmish Vinisius Junior bilan shartnoma imzolashga yaqin bo'lganini aytdi.
"Vinisius oldin "Barsa"ga muxlislik qilardi. U "Barsa" CHempionlar Ligasida PSJni 6:1ga yutganda, yig'lagandi, u haqiqiy muxlis edi.
Vinisiusning "Barselona"ga o'tishi hal qilingandi. Uning ikki agenti ham mening katta do'stlarim edi. Bitim yopilgan edi, yagona qolgan narsa - Vinisiusning shartnomaga imzo chekishi edi, ammo so'nggi lahzada do'stlarim menga va klubga xiyonat qilishdi. Men bu 2017 yilda ro'y berganidan buyon ular bilan gaplashmayman", - deydi Kyuri.
Junior joriy mavsum La Liga doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar