"Barselona" prezidenti Grizmann oilasi bilan uchrashdi
17 dek 2017 14:41
Yangiliklar
"Barselona" prezidenti Grizmann oilasi bilan uchrashdi
"Barselona" "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanni yozda sotib olish borasida ishlamoqda.
Malumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu Barselonadagi restoranlarning birida Franciya terma jamoasi futbolchisining oilasi bilan uchrashdi. Grizmanning ishlari bilan hozir uning singlisi shug'ullanmoqda. Uchrashuvda 26 yoshli forvardning ota-onasi ham bor edi.
"Barselona" 2018 yilning yozida "Atletiko"ni 100 mln. evro to'lamoqchi. Grizmanning shartnomasidagi tovon puli shuncha.
Eslatib o'tamiz, Grizmann va "Atletiko" o'rtasidagi bitim 2020 yilda yakuniga etadi.
Fikrlar