"Juda qattiq tegdimi, a?" - Grizmann musobaqani tark etgan "Barselona" ustidan kuldi
04 mar 12:49
Yangiliklar
"Juda qattiq tegdimi, a?" - Grizmann musobaqani tark etgan "Barselona" ustidan kuldi
Qasos va alamli xotiralar:
Garchi "Barselona" javob o'yinida 3:0 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa-da, bu ularning finalga chiqishi uchun kamlik qildi. Sababi, dastlabki bahsda Diego Simeone shogirdlari 4:0 hisobidagi yirik g'alabani tantan qilishgan edi.
O'yindan so'ng franciyalik hujumchi maydonda tushkun holatda yotgan "Barselona"ning ikki futbolchisi fonida o'zining nishonlayotgan suratini joyladi va unga shunday izoh qoldirdi:
"Juda qattiq tegdimi, a?"
Buning sababi nimada?
Eslatib o'tamiz, Grizmannning bu posti shunchaki paydo bo'lib qolgani yo'q. 2025 yilning mart oyida "Barselona" La Liga doirasidagi safar o'yinida "Atletiko" ustidan mo'jizaviy g'alaba qozonganidan so'ng (72-daqiqagacha 0:2 yutqazaturib, 4:2 hisobida yutib ketgan), klub matbuot xizmati xuddi shunday izoh bilan Grizmannning suratini tarmoqlarga joylagan edi. Antuan oradan bir yil o'tib, kataloniyaliklardan munosib tarzda "o'chini oldi".

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar