Gvardiola "Manchester Siti"ning ECHLdagi o'yini oldidan yo'qotishlar ro'yxatini ochiqladi
26 jan 17:38
Yangiliklar
Gvardiola "Manchester Siti"ning ECHLdagi o'yini oldidan yo'qotishlar ro'yxatini ochiqladi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola UEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining so'nggi turida "Galatasaroy"ga qarshi o'yinni qaysi futbolchilar o'tkazib yuborishini malum qildi.
"Men bilamanki, Mark Gexi o'ynay olmaydi, Antuan Semeno va Rodri ham maydonga tusha olmaydi. Niko Gonsales tayyor bo'lmaydi, shuningdek, Savio va Jon Stounz ham. Ro'yxat juda uzun", – dedi Gvardiola.
"Shaharliklar" ustozi muxlislarni jamoani 1/8 finalga chiqish uchun kurashda qo'llab-quvvatlashga chaqirdi.
"Umid qilamanki, hozircha birinchi sakkizlikka kirmaganimizni bilib, tribunadagilar bizga o'sha joyga kirib olish uchun qo'shimcha kuch beradi", – dedi u.
"Manchester Siti" va "Galatasaroy" o'rtasidagi bahs 28 yanvar kuni tunda bo'lib o'tadi. Uchrashuv Angliyaning Manchester shahridagi "Etixad" stadionida o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar