"Barselona" ofisidagilar 3 kun juda band bo'lishadi
		
		29 jan 2019 14:43
        Yangiliklar	
	
				
				"Barselona" ofisidagilar 3 kun juda band bo'lishadi
Ayni damda Kataloniya klubidagilar quyidagi ishlarni qilishi kerak:
- Denis Suares yoki Malkom bilan xayrlashish.
- Todiboni qishda o'z safiga qo'shib olish.
- Raboning kelajagi.
Denis Suares va Malkom "Barselona" asosiy tarkibiga kira olishmayapti. Klubdagilar bu futbolchilarning biridan qutilishi kerak. Bu yigitlar jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde uslubiga mos tushmayapti.
Bir necha kun oldin "Barselona" "Tuluza" himoyachisi Jan Kler Todibo bilan kelishib olgani va futbolchi yozda Kataloniya klubiga o'tishi elon qilingan edi. Ko'k-anorranglilar yoz kelishini kutmoqchi emas. Ular qishdayoq futbolchini o'z safiga qo'shib olish niyatida. Ammo Franciya klubi himoyachini hozir berib yubormoqchi emas.
PSJ safida maydonga tushmayotgan va klub bilan bitimni uzaytirmagan Adrien Rabo Kataloniya klubining bosh og'rig'iga aylandi. Rabo "Barselona"ga o'tishi aniq bo'lganida futbolchining onasi qo'shimcha pul so'rab, rejalarni chippakka chiqardi. Kataloniya klubidagilar 3 kun ichida ushbu masalani ijobiy hal qilishmoqchi.
O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar