"Barselona" Neymar familiyasi yozilgan liboslarni buyurtma qildi
21 avg 2019 11:28
Yangiliklar
"Barselona" Neymar familiyasi yozilgan liboslarni buyurtma qildi
"Barselona" Neymar bilan shartnoma imzolashga tayyor.
Kataloniya klubi PSJ bilan braziliyalik o'yinchi borasida muzokaralar olib bormoqda, ammo bitimning yakuniy qismi haqida xabar qilinmayapti.
SHunga qaramasdan, "ko'k-anorranglilar" Neymarning namoyishiga hozirlik ko'rishmoqda va 27 yoshli forvard familiyasi tushirilgan liboslar uchun buyurtma berishdi.
Neymarning o'zi esa "Barselona" muxlislariga videomurojaat qildi, murojaat transfer yakunlanganidan so'ng elon qilinadi.
Eslatib o'tamiz, Neymar PSJga "Barselona"dan 222 million evro evaziga o'tgan edi va dunyoning eng qimmat o'yinchisiga aylangan edi.
Neymar yakunlangan mavsum PSJ safida 27ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 13ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar