"Barselona" moliyaviy qiyinchiliklar sabab Veynaldumning transferini rad etishi mumkin
03 apr 2021 10:20
Yangiliklar
"Barselona" moliyaviy qiyinchiliklar sabab Veynaldumning transferini rad etishi mumkin
"Barselona" "Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum bilan shartnoma imzolashni rad etishi mumkin.
"Barselona" ayni damda qiyin moliyaviy ahvolda va klub shu sabab 30 yoshli golland bilan shartnoma imzolamasligi mumkin.
Klub rahbariyati bosh murabbiy Ronald Kuman bilan 18 yoshli yarim himoyachi Ilaysha Moribani asosiy tarkibga o'tkazishni muhokama qiladi.
Moriba joriy mavsumda "Barselona" safida debyut qildi va u La Liga doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etishga ham ulgurdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar