"Barselona" Madrid klubi himoyachisini tekinga qo'lga kiritmoqchi
22 fev 2019 19:41
Yangiliklar
"Barselona" Madrid klubi himoyachisini tekinga qo'lga kiritmoqchi
“Barselona” klubi “Atletiko” himoyachisi Filipe Luisni yozgi transferlar vaqtida o'z safiga qo'shib olishi mumkin.
El Mundo Deportivo xabariga ko'ra, kataloniyaliklar jamoaning asosiy himoyachisi Xordi Albaning o'rnini to'ldiradigan futbolchini izlamoqda.
Bundan tashqari, “matraschilar” braziliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. SHu sababli “Barselona” Luisni erkin agent sifatida tekinga qo'lga kiritishi mumkin.
Filipe Luis joriy mavsum LaLigada 15ta o'yinda maydonga tushib, 2 bora raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar