"Barselona" Leauning "Milan"dagi holatini kuzatmoqda
31 okt 20:53
Yangiliklar
"Barselona" Leauning "Milan"dagi holatini kuzatmoqda
Portugaliya terma jamoasining 25 yoshli futbolchisi ushbu mavsumda har doim ham asosiy tarkibda maydonga tushmayapti. Vinger A Seriyadagi 8 ta o'yinda 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Murabbiy Paulu Fonseka futbolchidan o'yin va ruhiy jihatdan "sakrash"ni kutmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "Barselona" Leauni hujum chizig'ini kuchaytirish uchun muqobil variant sifatida ko'rib chiqmoqda. Leauning o'yini kataloniyalik rahbarlarga, ayniqsa prezident Joan Laportaga yoqadi.
O'tgan yozda "Blaugrana" agent Jorj Mendesh orqali aloqaga chiqqandi, ammo "rossoneri"lar Leauni sotishga qarshi chiqdi, "Barselona" esa moliyaviy cheklovlar girdobiga tushib qoldi. Biroq keyingi yozda klub hujumchini sotib olishga etibor qaratadi.
Fikrlar