"Barselona" LaLigada bu mavsum darvoza ustuni va to'sinini eng ko'p poylagan
01 okt 2018 12:40
Yangiliklar
"Barselona" LaLigada bu mavsum darvoza ustuni va to'sinini eng ko'p poylagan
"Barselona" klubi rasmiy sayti Ispaniya chempionati 7-turidan so'ng darvoza ustuni va to'sinini nishonga olish statistikasini elon qildi.
Kataloniyaliklar rasmiy saytining malumotlariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" bu ko'rsatkich bo'yicha LaLigada yakka peshqadam - 8ta zarba ustun va to'singa tekkan.
Bu boshqa istalgan jamoadan ikki barobar ko'p degani. "Sevilya", "Valensiya" va "Eybar" joriy mavsumdagi 7ta o'yinda 4 marotabadan bu ishni bajarishgan.
"Barselona"ning 8ta mana shunday zarbalaridan 6tasi birgina Messiga tegishli. Usman Dembele va Filippe Koutino esa bir martadan ustun yoki to'sinni poylashgan.
LaLigada 7ta turdan keyin "Barselona" va "Real" 14 ochkodan jamg'argan holda turnir jadvalida qo'shhokimlik o'rnatishgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид". Ҳусанов жавоб ўйинини бошланғич таркибда бошлайди!
Fikrlar