"Barselona" hujumchisi jarohat oldi
06 dek 2018 13:37
Yangiliklar
"Barselona" hujumchisi jarohat oldi
"Barselona" hujumchisi Malkom "Leonesa"ga qarshi Ispaniya Kubogi uchrashuvida (4:1) jarohat oldi.
Futbolchi o'yinni asosiy tarkibda boshladi va birinchi bo'lim oxirida gol urishga muvaffaq bo'ldi. 88-daqiqada Malkom jarohat tufayli maydonni tark etdi.
Kataloniya klubi matbuot xizmati bergan malumotlarga ko'ra, forvard bugun chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tadi. Malkomning safga qaytish muddati malum emas. Joriy mavsum 21 yoshli futbolchi "Barselona" safida 9ta o'yin o'tkazdi va 2ta gol urdi.
Ayni damda "Barselona" tarkibida Luis Suares, Arturo Vidal, Rafinya, Samuel Yumtiti, Artur va Serxio Roberto jarohatini davolamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar