"Barselona" himoyani "Ayntraxt" futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi
06 jan 2023 15:33
Yangiliklar
"Barselona" himoyani "Ayntraxt" futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi
Bu futbolchi kataloniyaliklarga qarshi o'yinda o'zini ko'rsatgan.
"Barselona" Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan Evan Ndikani safiga qo'shib olish borasidagi say-harakatlarni kuchaytirmoqda, deb xabar berdi "Sport1". 23 yoshli franciyalik himoyachi yozda erkin agentga aylanadi. Bepul transfer imkoniyati moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan "Barselona"ni o'ziga tortmoqda.
SHuningdek, kataloniyaliklar Ndikaning kuchli tomonlariga shaxsan ishonch hosil qildi. Zero, aynan Frankfurtning "Ayntraxt" klubi 2022 yilning bahorida Evropa Ligasi chorak finalida "Barselona"ni mag'lub etgandi.
Evan Ndika Frankfurt klubida 2018 yilning yozidan buyon o'ynab kelmoqda. U Bundesligada 119 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar