"Barselona" Gyundoganni tekinga qo'yib yuborayotganining sababi malum qilindi
21 avg 13:24
Yangiliklar
"Barselona" Gyundoganni tekinga qo'yib yuborayotganining sababi malum qilindi
Futbolchi "ko'k-anorranglilar" bilan mashg'ulotlarda ishtirok etmay qo'ygan va uning agenti ham shu hafta avvalida Angliyaga etib borgan. "SHaharliklar" germaniyalik futbolchi transferi ustida ishlashni boshlab yuborgan. "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola bu xabardan juda ham mamnunligini yashirmagan.
O'z navbatida "Marca" nashri "Barsa" Gyundoganning ketishi natijasida maoshlar uchun sarflanadigan summani (nemis futbolchisi yiliga 15 million evro maosh oladi) qisqartirishni maqsad qilgan. Buning natijasida klub Dani Olmoni ro'yxatdan o'tkaza olishi va yana bitta transfer amalga oshirishi mumkin bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yili yozda Ilkay Gyundogan "Man Siti"dan "Barselona"ga erkin agent sifatida kelgandi. Oradan bir yil o'tib voqea to'liqligicha takrorlanmoqda, faqat yo'nalish o'zgargan.
"Man Siti"ga qaytishi kutilayotgan Ilkay Gyundogan xalqaro faoliyatini yakunlashini elon qildi
Fikrlar