“Barselona” futbol tarixidagi eng yirik shartnomaga ega bo'lishi mumkin
29 fev 2024 10:03
Yangiliklar
“Barselona” futbol tarixidagi eng yirik shartnomaga ega bo'lishi mumkin
“Barselona” va "Nike" yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erisha olmadi.
SHu tariqa, 25 yillik hamkorlikdan so'ng kataloniyaliklar boshqa kompaniya liboslarini kiyadigan bo'ldi. “Puma” “Barselona”ga 200+100 million evro ko'rinishidagi besh yillik shartnoma taklif qildi. Agar muzokaralar yaxshi yakunlansa, nemis kompaniyasi 2026 yildan boshlab “Barselona”ning liboslariga javob beradi.
Agar ushbu kelishuv amalga oshsa, bu futbol tarixidagi eng yirik brend shartnoma bo'ladi.
Malumot uchun, 2026 yilda shartnomasi yakunlanadigan shartnoma ortidan kataloniyaliklar "Nike"dan yiliga 105 million evro pul oladi. AQSH kompaniyasi “Barselona” bilan 1998 yildan beri birga ishlab kelayotgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar