"Barselona" Fatining tovon pulini oshirmoqchi
25 iyu 2020 23:17
Yangiliklar
"Barselona" Fatining tovon pulini oshirmoqchi
"Barselona" vinger Ansu Fati bilan yangi shartnoma imzolash niyatida.
Xabarlarga ko'ra, klub "Manchester Yunayted" qiziqishlari fonida 17 yoshli futbolchining maoshini va shartnomada ko'rsatilgan tovon pulini oshirmoqchi.
Hozir ispaniyalikni 170 million evroga sotib olish mumkin, "Barsa" esa uning narxini 300 milliongacha ko'tarishni rejalashtirmoqda.
"Barselona" va o'yinchi o'rtasida tuzilgan amaldagi shartnoma 2022 yilgacha amal qiladi.
Kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi joriy mavsumda 32 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar