"Barselona" direktori: "Messining so'nggi klasikoni o'tkazmaganiga umid qilamiz"
11 apr 2021 12:28
Yangiliklar
"Barselona" direktori: "Messining so'nggi klasikoni o'tkazmaganiga umid qilamiz"
"Barselona" direktori Gilermo Amor "Real" (1:2)ga qarshi o'yindan so'ng "ko'k-anorranglilar" hujumchisi Lionel Messining ehtimoliy ketishi borasidagi xabarlarga izoh berdi.
"Messining biz uchun so'nggi klasikoni o'tkazmaganiga umid qilamiz. Uning qolishini va yana bir necha marta "Barselona" libosida "Real"ga qarshi o'ynashini xohlardik", - deydi Amor.
Messi joriy mavsum "Barselona" tarkibida 39ta o'yinda maydonga tushib, 29ta gol va 13ta assist qayd etdi.
33 yoshli argentinalik futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan, futbolchi yozda erkin agent maqomida klubdan ketishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar