"Barselona" Depayni "Inter" futbolchisiga almashtirishga yaqin
16 jan 2023 17:06
Yangiliklar
"Barselona" Depayni "Inter" futbolchisiga almashtirishga yaqin
Ispaniyaning "Barselona" va Italiyaning "Inter" klublari o'zaro futbolchi almashish borasida kelishuvga erishish arafasida turibdi. Unga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" forvardi Memfis Depay "Inter" azosi Xoakin Korrea o'rniga Milan klubiga yo'l oladi.

Niderlandiyalik futbolchi ushbu mavsumda jamoasida etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'la olmayotgani bois qishki transferlar oynasida boshqa jamoaga ko'chib o'tmoqchi edi. U joriy mavsumda La Ligada bor-yo'g'i 116 daqiqa o'ynadi. Joau Feliksni "CHelsi"ga ijara asosida bergan "Atletiko" Depayga qiziqayotgani malum qilingan edi. Raqiblar o'rtasida ikki futbolchini o'zaro ayirboshlash varianti muhokama qilingan edi. Biroq hech qanday amaliy yurish amalga oshirilmadi.
"Barsa" va "Inter" o'rtasida kelishuv Depay A Seriyaga ko'chishga rozilik bildirsagina sodir bo'lishi mumkin. Bazi manbalar Memfis Kataloniyani tark etsa ham Ispaniyada qolishni istashini bildirganini aytmoqda. 2021 yilda "Lion"dan tekinga "Barselona"ga kelib qo'shilgan hujumchi "Atletiko"ga o'tishni xohlayotgan ko'rinadi. Klub uni ko'ndira olsa, futbolchi mavsumning qolgan qismini Italiyada davom ettiradi.
Memfis Depay 2022/23 yilgi mavsum La Ligada 2 ta o'yinda 1 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar