"Barselona" darvozaboni "Arsenal"ga o'tishi mumkin
10 avg 2021 09:24
Yangiliklar
"Barselona" darvozaboni "Arsenal"ga o'tishi mumkin
Londonning "Arsenal" klubi "Barselona" darvozaboni Netoni xarid qilish variantini ko'rib chiqmoqda.
Kataloniyaliklar ayni damda maoshlar miqdorini pasaytirish uchun bir necha futbolchilardan qutulishga faol tarzda harakat qilishmoqda.
Bunday o'yinchilardan biri yiliga 4,5 million evro maosh oladigan braziliyalik darvozabon Netodir. "Arsenal" vakillari "Barselona" bilan uning transferi borasida aloqaga chiqishdi. Moliyaviy muammolar sabab Kataloniya klubining 32 yoshli darvozaboni Londonga tekinga ketishi mumkin.
Neto "Barselona"ga 2019 yilda kelgandi. U ikki mavsum davomida barcha musobaqalarda 17ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar