"Barselona" braziliyalik himoyachini sotib olmoqchi
10 noy 2022 12:28
Yangiliklar
"Barselona" braziliyalik himoyachini sotib olmoqchi
O'tgan yozda Braziliyaning "Santos" klubidan Ispaniyaning "Almeriya" jamoasiga o'tgan himoyachi Kayki La Liga grandlaridan birining qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Futbolchiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda.
"Diario Sport" jurnalistlarining xabar berishicha, "ko'k-anorranglilar" Kaykining joriy mavsumdagi o'yinlarini kuzatib borishmoqda. Ehtimol, yaqin orada tomonlar futbolchining transferi bo'yicha muzokaralar olib borishadi.
18 yoshli markaziy himoyachining "Almeriya" bilan shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Transfermarkt xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi 8 million evroga baholangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar