“Barselona” bo'lajak o'yin uchun 16 futbolchini qaydnomadan o'tkazdi, ulardan uch nafari darvozabon
18 iyu 2020 20:50
Yangiliklar
“Barselona” bo'lajak o'yin uchun 16 futbolchini qaydnomadan o'tkazdi, ulardan uch nafari darvozabon
Ispaniya chempionatining so'nggi turi doirasida kataloniyalik safarda “Alaves” bilan o'ynaydi.
“Barselona” 19 iyul kungi bahs uchun uch darvozabon va 13 maydondagi futbolchini qaydnomaga kiritdi.
Darvozabonlar: Ter SHtegen, Neto, Arnau.
Himoyachilar: Semedu, Langle, Alba, Roberto, Arauxo.
Yarim himoyachilar: Buskets, De Yong, Vidal, Puch.
Hujumchilar: Suares, Messi, Braytveyt, Fati.
“Ro'yxatimizda 16 o'yinchi bor, boshqa yo'q. Biz hamjihat bo'lishimiz va CHempionlar Ligasi haqida o'ylashimiz kerak, u erda diskvalifikaciya qilingan va jarohatlangan futbolchilarimiz bor”, deya bosh murabbiy Kike Setenning so'zlarini keltiradi AS.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar