"Barselona" 20 yoshli Busketsni ijaraga berdi
27 avg 2019 20:50
Yangiliklar
"Barselona" 20 yoshli Busketsni ijaraga berdi
Barselona yarim himoyachisi Oriol Buskets mavsum oxirigacha faoliyatini Gollandiyaning Tvente klubida davom ettiradi.
20 yoshli Buskets 8 yoshidan buyon kataloniyalik sistemasida faoliyat olib boradi. Uning amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan bo'lib, kelishuv yana 2 yilga uzaytirilishi mumkin.
Ispaniyalik xavbek klubning ikkinchi jamoasi tarkibida o'tgan mavsum 30 o'yinda qatnashib, bir bora raqiblar darvozasini ishg'ol etdi. SHuningdek, u 2018 yili «Leonesa»ga qarshi bo'lib o'tgan Ispaniya Kubogining 1/16 bosqichining javob bahsida (4:1) asosiy tarkibda rasmiy debyut qilgandi.
Malumot o'rnida, mazkur futbolchi «ko'k-anorranglilar»ning etakchi futbolchilaridan biri Serxio Busketsning qarindoshi emas.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar