"Barsa"ning yanvardagi bosh maqsadi malum
14 noy 2022 15:20
Yangiliklar
"Barsa"ning yanvardagi bosh maqsadi malum
Kataloniya klubi yanvardagi qishki transferlar oynasida bozorga o'ng qanot himoyachisi izlab kiradi.
Malum qilinishicha, moliyaviy cheklovlarni ham hisobga olgan holda, "ko'k-anorranglilar" ushbu poziciyani to'ldirishni ustuvor vazifa, deb hisoblamoqda. Ayniqsa, Jerar Pikening faoliyatini tugatishidan keyin bu yanada dolzarblashdi.
Klubning bu boradagi ro'yxatiga "Manchester Yunayted"ning 23 yoshli futbolchisi Diogu Dalot (suratda), "Bavariya"ning 26 yoshli azosi Benjamen Pavar va "Vilyarreal"ning 24 yoshli vakili Xuan Foyt kiritilgan. SHuningdek, ispan klubi "Jirona"da to'p tepuvchi "La Masiya" tarbiyalanuvchisi Arnau Martinesni nishonga olgani aytilmoqda. 19 yoshli futbolchining transferi yuqoridagilarnikidan ancha arzonga tushadi va u ham himoya markazida, ham o'ng qanotda o'ynay oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar