"Barsa"dan haydalishi aytilayotgan Xavining hech narsadan xabari yo'qligi malum bo'ldi
17 may 22:00
Yangiliklar
"Barsa"dan haydalishi aytilayotgan Xavining hech narsadan xabari yo'qligi malum bo'ldi
"Barselona" klubi bosh murabbiyi Xavi, uni jamoadan ketkazishayotganidan xabari yo'q. Avvalroq, juda ko'p manbalar "Barselona" mavsum yakunlangach Xavini istefoga chiqarishi haqida yozgandi.
Xavi bugun o'z murabbiylar shtabidagi ishchilar bilan uchrashgan va hech narsadan xabari yo'qligini malum qilgan. Murabbiy hamkasblariga hech narsani tushunmayotgani, Laporta bilan oxirgi muloqot bu "Almeriya"ga qarshi o'yindan keyingi tabrik bo'lganini aytgan.
As nashrining yozishicha, Xavining atrofidagilarning aytishicha, murabbiy barchasiga bosiqlik bilan munosabat bildirgan, shu bilan birga, uning ketishi allaqachon hal qilib qo'yilganidan taajjubga tushgan.
Xavi tez orada klub prezidenti bilan uchrashadi va o'z kelajagi borasidagi savollarga javob oladi.
Fikrlar