"Barsa" yuqori maosh va Rayolaning komissiyasi sabab Pogba bilan shartnoma imzolashga urinmaydi
17 okt 2021 14:48
Yangiliklar
"Barsa" yuqori maosh va Rayolaning komissiyasi sabab Pogba bilan shartnoma imzolashga urinmaydi
"Barselona" kelasi yozda erkin agentga aylanishi mumkin bo'lgan "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba bilan shartnoma imzolashga urinmaydi.
Kataloniya klubi kelasi yozda markaziy yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashni xohlagandi, ammo Pogba varianti "ko'k-anorranglilar"ning moliyaviy muammolari sabab imkonsiz.
"Barsa" Pogbaga MYUda olayotgan 17 mln evro maoshni to'lay olmaydi. Bundan tashqari, agent Mino Rayola shartnoma imzolashdan oldin katta komissiya so'raydi.
"Barsa" Pogba uchun aukcionda ishtirok etmaydi. Klub xavbekning agenti boshqa klublar bilan aloqa orqali o'z mijozining yangi shartnomasini yaxshilash uchun "Yunayted"ga bosim qilmoqda deb hisoblamoqda.
28 yoshli futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 7ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. Ҳакамга тиббий ёрдам кўрсатилган ўйинда "Андижон" 3-марта 0:0 ҳисоби қайд этди. Бу галги рақиб – "Ал Ҳалдия"
Арда Гюлер: "Алонсо дарвозада турасан деса, қўлқоп сотиб оламан"
Суперлига. "Пахтакор" финал олдидан меҳмонда "Хоразм"ни енгди, икки жамоа ўйинни 10 киши тугатди
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Динамо" устидан ишончли ғалабага эришди
Fikrlar