"Barsa" yozda Mukokoni bepul qo'lga kiritmoqchi
03 jan 2023 18:17
Yangiliklar
"Barsa" yozda Mukokoni bepul qo'lga kiritmoqchi
"Diario Sport" xabariga ko'ra, 18 yoshli futbolchi kataloniyaliklar safida o'ynashni istamoqda, "ko'k-anorranglilar" esa uning dortmundliklar bilan kelasi yozda tugaydigan shartnomasini uzaytirish bo'yicha yakuniy qarorini kutmoqda.
Tomonlar bir necha oydan beri muzokaralar olib bormoqda, germaniyalikka "Barsa"ning taklifi manzur kelgan.
Kataloniya klubining rejasi Mukoko bilan shu yozda tekinga shartnoma imzolash. "Barselona"dagilar Yussufa agar dortmundliklar bilan kelishuvni uzaytirmasa, kataloniyaliklar safiga keladi deb hisoblamoqda.
SHu bilan birga, "Barselona" bu qishda aniq hujumchi sotib olmaydi, chunki La Ligadagi moliyaviy cheklovlar tufayli uni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi.
Mukoko Bundesliga joriy mavsumida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta to'p kiritdi hamda 3 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar