"Barsa" Puch bilan shartnomani 2023 yilga qadar uzaytirdi. O'yinchi Kumanning ishonchini qozonmoqchi
05 jan 2021 14:48
Yangiliklar
"Barsa" Puch bilan shartnomani 2023 yilga qadar uzaytirdi. O'yinchi Kumanning ishonchini qozonmoqchi
Tomonlar 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekishdi. Barcha hujjatlarga imzo chekib bo'lingan.
O'yin amaliyoti kamligiga qaramasdan Puch uning kelajagi "Barsa"da ekanligini tushunadi. SHu bilan birga klub ispaniyalik bilan yangi shartnoma borasida rasmiy xabar berishni rejalashtirmayapti.
Puchning "Barsa" bilan tuzgan amaldagi shartnomasida bitimni 2 yilga uzaytirish bandi bor edi va bu faollashtirildi.
Yarim himoyachi Karles Alenya esa "Xetafe"ga o'tishga yaqin, xavbek Filippe Koutino esa jiddiy jarohat oldi va 3-4 haftaga safdan chiqdi, shu sabab Puchda "Barsa"da o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat paydo bo'lishi mumkin.
O'yinchi jamoa bosh murabbiyi Ronald Kumanga munosibligini isbotlamoqchi va uning ishonchini qozonmoqchi.
Fikrlar