"Barsa" Pedri bilan yaxshilangan shartlar evaziga 2026 yilga qadar shartnoma imzolamoqchi. O'yinchi bitimni imzolashga tayyor
20 avg 2021 17:07
Yangiliklar
"Barsa" Pedri bilan yaxshilangan shartlar evaziga 2026 yilga qadar shartnoma imzolamoqchi. O'yinchi bitimni imzolashga tayyor
"Barselona" yarim himoyachi Pedriga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
Klub xavbekning o'sishidan mamnun va 18 yoshli o'yinchini mukofotlamoqchi.
Pedrining amaldagi shartnomasi 2022 yilda yakuniga etadi, "ko'k-anorranglilar"da bitimni ikki yilga uzaytirish bo'yicha band bor.
"Barsa" maoshini oshirgan va tovon pulini ko'targan holda, o'yinchi bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolamoqchi.
Pedrining o'zi shartnomani uzaytirishga tayyor. Uning agenti norasmiy ravishda "Barselona" rahbariyati bilan yangi shartnomani muhokama qildi.
Klubning joriy mavsum so'nggida rasmiy taklif berishi kutilmoqda.
Fikrlar