"Barsa" Messi bilan shartnoma imzolanganini ertaga elon qilmoqchi - Laportaning tug'ilgan kunida
28 iyu 2021 13:51
Yangiliklar
"Barsa" Messi bilan shartnoma imzolanganini ertaga elon qilmoqchi - Laportaning tug'ilgan kunida
"Barselona" jamoa sardori Lionel Messi bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin.
Kataloniya klubi yangi bitimni 30 iyunga qadar elon qilmoqchi, sabab "Barsa" prezidenti Joan Laporta argentinalikning bir daqiqa ham erkin agent maqomida bo'lishini xohlamayapti.
Messining "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi 30 iyunga qadar mo'ljallangan.
Laporta yangi bitimni 24 iyunda (Messi o'sha kuni 34 yoshni qarshilagandi) elon qilmoqchi edi, ammo bunga erishilmadi. Laporta endi 29 iyunda, yani o'z tug'ilgan kunida buni elon qilmoqchi.
Agar "Barsa" yangi bitimni 30 iyunga qadar elon qilmasa, bu ispan muxlislari uchun qatti zarba bo'ladi deb hisoblanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Messining "Barsa" bilan yangi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar