"Barsa" Martinesning erkin agentga aylanishini kutib turadi
08 okt 2022 10:33
Yangiliklar
"Barsa" Martinesning erkin agentga aylanishini kutib turadi
Kataloniya klubi "Atletik" o'yinchisi Inigo Martinesni yanvar oyida sotib olmaydi.
Buning o'rniga "ko'k-anorranglilar" 31 yoshli himoyachini yozda o'z safiga qo'shib olishadi. Uning shartnomasi iyun oyi oxirida o'z yakuniga etishi hisobga olingan holda uni erkin agent sifatida jalb qilish moliyaviy tomondan foydali, deb hisoblanmoqda.
Martines yozgi transferlar oynasida "Barselona"ga o'tishga juda yaqin kelgan edi. Jamoa Ernesto Valverde qo'l ostida bo'lgan paytda uning transferi amalga oshishiga bir bahya qolgan edi.
Inigo Martines ushbu mavsum "Atletik" safida 3 ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar