So’nggi yangiliklar

19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  0 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  1 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  2 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  0 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  1 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  8 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  6 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  11 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  15 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  2 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  1 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2

"Barsa" Alonso bilan shartnomani 2 yilga uzaytirib, Alba bilan xayrlashmoqchi Yangiliklar

"Barsa" Alonso bilan shartnomani 2 yilga uzaytirib, Alba bilan xayrlashmoqchi

"Barselona" himoyachi Markos Alonso bilan shartnoma muddatini uzaytirmoqchi.

"Diario Sport"ning xabariga ko'ra, katalon klubi yanvarda 31 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishni niyat qilgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan.

Alonso "Barselona"da qolmoqchi, klub rahbariyati ham futbolchi ko'rsatayotgan o'yindan mamnun. O'tgan yoz Markos "ko'k-anorranglilar" safiga borib qo'shilish uchun maoshi keskin kamayishiga rozi bo'lgan. O'shanda tomonlar 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashgan va klub agar Markos o'zini yaxshi tomondan ko'rsata olsa, maosh miqdorini oshirish, yangi kelishuv imzolashni vada qilgandi.

Endi "Barselona" Alonso bilan yana ikki yillik kelishuv imzolamoqchi. Hujjat 2 yil, yoki "1+1" sxemasida imzolanadi. "Barselona"ga ikkinchi variant ko'proq yoqsa, futbolchi bir yo'la ikki yillik maoshni naqd qilish istagida.

Bazi masalalardagi munozaralarga qaramay, tomonlar yangi shartnomaga jiddiy to'siq ko'rishmayapti.

SHuningdek, "Barselona" Aleks Balde bilan ham shartnoma muddatini uzaytirmoqchi. Aynan Balde va Alonso orqali klub himoyaning chap qanotini "yopmoqchi". SHartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan Xordi Alba bilan esa Xerar Pike bilan bo'lgani kabi xayrlashishmoqchi.

Bu mavsum Alonso klub safida barcha musobaqalarda 12 o'yinda 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика