So’nggi yangiliklar

15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  0 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  0 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  15 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  8 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3 13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  16 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  10 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  7 12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  11 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  5 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  31 10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  4 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  15 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  2

Bangkokda FIFAning navbatdagi Kongressi o'tkazildi Yangiliklar

Bangkokda FIFAning navbatdagi Kongressi o'tkazildi

Bugun Tailand poytaxti Bangkok shahridagi FIFAning 74-Kongressi bo'lib o'tdi.

Unda tashkilotga azo mamlakatlar qatorida O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov boshchiligidagi O'zbekiston vakillari ishtirok etdi.

Kun tartibidan FIFA Nizomiga, Nizomni qo'llashni tartibga soluvchi reglamentga va Kongressning doimiy qarorlariga o'zgartirishlar kiritish bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish, 2027-yilgi ayollar o'rtasidagi jahon chempionati mezbonini aniqlash, futbolda irqchilikka qarshi global poziciyani mustahkamlash va FIFAga azo bo'lgan associaciyalar takliflarini muhokama qilish masalalari o'rin oldi. 

Kongressda so'z olgan Janni Infantino FIFAning vazifasi futbolni global miqyosda rivojlantirish va butun dunyo jamoalariga raqobatbardosh muhit va imkoniyatlar yaratish ekanligini takidladi.

FIFA prezidenti 20 va 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasida davom etayotgan turnirlar ko'lamini kengaytirishdan tashqari, barcha 211 FIFAga azo associaciyalar uchun 15 yoshgacha bo'lgan o'smirlar futbol festivalini tashkil etishni taklif qildi. 

“Bizning vazifamiz butun dunyo bo'ylab ko'proq imkoniyatlar, o'ynash, orzu qilish, ishtirok etish va bazan hayotni o'zgartirish imkoniyatini taklif qilishdir. SHuningdek, nafaqat futbolchi, balki oddiy inson sifatida ham o'sish imkoniyati taqdim qilishdan iborat, dedi Infantino.

Kongressda shuningdek, ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati mezboni ochiq ovoz berish orqali aniqlandi. Unga ko'ra, Braziliya 2027-yilda o'tkaziladigan ayollar o'rtasidagi o'ninchi Jahon chempionatiga mezbon mamlakat sifatida elon qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика