So’nggi yangiliklar

19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  0 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  1 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  2 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  0 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  1 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  8 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  6 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  11 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  15 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  2 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  1 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2

Bakaevning Jizzaxdagi faoliyatidan 9 fakt Yangiliklar

Bakaevning Jizzaxdagi faoliyatidan 9 fakt

5 noyabr kuni Ulug'bek Bakaev "So'g'diyona"ni tark etgani elon qilindi.

Yodingizda bo'lsa, Jizzax klubi 2018 yil oxirida Superligadagi o'rnini pley-off orqali saqlab qolgan edi. Jamoani 2019 yilgi mavsumga Sergey Lushchan tayyorladi. Dastlabki 4 turda qabul qilingan 3ta mag'lubiyatdan keyin uning o'rniga Ulug'bek Bakaev olib kelindi.

"Bo'rilar" yangi murabbiy bilan natija uchun o'ynashni o'rganishdi. 12-o'rindagi jamoani mavsum oxirigacha 4-pog'onaga olib chiqqan buxorolik mutaxassis tez orada "So'g'diyona" muxlislarining ishonchini qozondi. 

Quyida uning Jizzaxdagi faoliyatiga oid siz bilmagan faktlarni keltiramiz:

1) Bakaev 3,5 yil ichida "So'g'diyona"ni 121 o'yinga boshlab chiqdi. Ularda shunday statistika qayd etilgan: 54 g'alaba, 37 durang va 30 mag'lubiyat (o'rtacha ochko — 1,6).

2) Jamoa Bakaev bilan O'zbekiston chempionatlaridagi eng yaxshi natijasini qayd etdi (2021 yil, kumush medal).

3) "So'g'diyona" o'z tarixida birinchi bor OFK kubogida qatnashish huquqini qo'lga kiritib, yarim finalga qadar etib bordi.

4) Bakaev jizzaxliklar ustozi sifatida Superligada 155 ochko to'pladi (98 o'yinda). Ushbu davrda faqat Ro'ziqul Berdiev (176) hamda Mirjalol Qosimov (165) undan yaxshiroq natija qayd etishni uddalagan.

5) Ulug'bek Bakaev "So'g'diyona" bilan ichki musobaqalarda faqat 2 klubni mag'lub qila olmadi — "SHo'rtan" (bitta durang) hamda "Olimpik" (bittadan durang va mag'lubiyat).

6) Ushbu murabbiyning eng yirik g'alabasi 2019 yilgi kubokning 1/8 finalida qayd etilgan — "So'g'diyona" 6:1 "Zomin".

7) Eng yirik mag'lubiyat ham kubok bahslariga to'g'ri keladi (2020 yil) — "Paxtakor" 8:1 "So'g'diyona".


8) Bakaevning Jizzaxdagi eng uzun mag'lubiyatsiz seriyasi 2021 yilning avvalida qayd etilgan bo'lib, 14 o'yinni tashkil qiladi.

9) Buxorolik mutaxassis "So'g'diyona"dagi faoliyati davomida eng ko'p SHohruz Norxonovning xizmatidan foydalandi — 113 o'yin. O'z navbatida SHohruz ham Bakaevning eng sermahsul shogirdi sifatida tarixga kirdi (49ta gol bilan)...

SHunaqa gaplar. Sizningcha, mazkur mutaxassisning keyingi manzili qaer bo'ladi?

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика