So’nggi yangiliklar

08:04We Global Football. Ўзбекистоннинг ЖЧга чиқиш имконияти неча фоизга ошди?  0 07:36Sofascore. Кечаги учрашувда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  15 07:24Лотин Америка классикосида йирик ҳисоб қайд этилди  7 03:36Расман. Мессининг Аргентинаси ЖЧ финал босқич йўлланмасини қўлга киритди  10 03:26ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон Лихтенштейнни мағлуб этди, Норвегия Исроилга 4та тўп киритди, Чехия Гибралтардан йирик ҳисобда устун келди  2 02:20ЖЧ-2026 саралаши. Эрон - Ўзбекистон 2:2  18 01:23ЖЧ саралаши. БАА 90+8 дақиқадаги гол эвазига КХДРни мағлуб этди  176 00:34Салоҳ бу ёзда "Ал-Ҳилол"га ўтмайди  6 23:50Тимур Кападзе: "Натижа адолатли бўлди деб ўйлайман, ЖЧга чиққанимиздан сўнг ҳам бош мураббий бўлиб қолишга умид қиламан"  153 23:05ЖЧ-2026 саралаши. Теҳронда дуранг ўйнадик  759 22:28"Ливерпуль" АПЛдаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 20:45ЖЧ-2026 саралаши. Қирғизистон Қатарни таслим қилди  168 19:55"Севилья" допинг туфайли дисквалификация қилинмаса, Мудрикни ижарага олиши мумкин. Украиналик мелдоний учун 4 йилга четлатилиши мумкин  1 19:33Янги стадион "Интер" ва "Милан"га 1,2 миллиард еврога тушади  0 19:08Погба "Интер Майами"га йўл олади  1

Bakaev va Qosimov tarix yaratgan, Eron "Ozodi"da mag'lub etilgan oqshom Yangiliklar

Bakaev va Qosimov tarix yaratgan, Eron "Ozodi"da mag'lub etilgan oqshom

O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga JCHg'2026 saralash bosqichi doirasida Tehronda forslarga qarshi maydonga chiqadi.

 Eron bilan o'yinlar tarixi orqali JCH-2014 saralash bosqichi doirasidagi safarda Eron ustidan qozonilgan  g'alabani yodga olamiz. Umid qilamizki, Kapadze Qosimovning ishini takrorlashni uddasidan chiqadi. 

Saralashning final raundini Vadim Abramov qo'l ostida boshlagan terma jamoamiz ilk turni Eron terma jamoasiga qarshi o'tkazdi. Biroq, o'z maydonimizda so'ngi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol evaziga uch ochkodan quruq qolganmiz. Natijadan g'azablangan futbolimiz mutassadilari o'yindan so'ng darhol Abramovni istefoga chiqarishadi. Uning o'rniga esa Mirjalol Qosimov tayinlanadi. 

Tehronda bo'lib o'tgan javob uchrashuvida futbolchilarni maydonga bosh murabbiy sifatida Qosimoa boshlab tushadi. Karlos Keyrush boshchligidagi jamoaga qarshi uchrashuv murabbiy uchun dastlabki jiddiy sinov edi. G'alaba terma jamoamizning guruhdagi ahvolini yanada yaxshilardi. Boz ustiga Toshkentdagi alamli mag'lubiyat uchun ham revansh olish talab qilinardi. Futbolchilarni esa oldinda 100 ming tomoshabinga ega “Ozodi” stadioni kutardi. Bellashuvdan oldin tarkibimizda sezilarli yo'qotishlar bor edi. Odil Ahmedov, Anzur Ismoilov, Temur Kapadze kabi ijrochilar terma jamoa bilan birga emasdi. Ularning o'rnini bilintirmaslik maqsadida Fozil Musaev, Shohruh Gadoev, Artyom Filiposyan, Islom To'xtaxo'jaevlar asosiy tarkibga kiritildi. Eronning tarkibini esa ortiqcha muhokama qilmaymiz. Javod Nekunam, Ashkan Dejaga, Rizo Gujannajod kabi yulduzlar barchangizga tanish. 

 Uchrashuvning ilk daqiqalaridan forslar havfli hujumlarni uyushtirish va hisobni tezkorlik bilan ochish payida bo'lishdi. 10-daqiqa o'tib borayotgan bir paytda Ashkan Dejaga to'pni qanotdagi sherigi Andranik Teymuryanga oshiradi. Eronlik futbolchi markazdan ochilib borayotgan Muhammad Nuriga uzatadi. Nurining uzoqdan bergan zarbasi Nesterov qo'riqlayotgan darvoza to'riga borib tushadi. Ammo, bosh hakam Ali Xamad Al-Badvaviy golni hisobga olmaydi. Teymuryaning uzatmasidan so'ng raqib hujumchisi jarima maydonchamiz ichida o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi. Uchrashuvning birinchi bo'limi kurashlarga va keskin to'qnashuvlarga boy tarzda yakunlanadi. 

Ikkinchi bo'limning 71-daqiqasida raqib futbolchisi qanotda futbolchimiz Sanjar Tursunovga qo'pollik ishlatadi va o'yin qoidasini buzadi. Hakam tomonidan belgilangan jarima nuqtasiga esa odatdagidek Server Jeparov yaqinlashadi. Jamoa sardorining yuqoridan jarima maydonchasi sari uzatib bergan to'pini Ulug'bek Bakaev golga aylantiradi va qaysidir manoda tarixiy golni uradi. Amalda bu g'alaba va muhim uch ochkoni keltiradi. 

Ushbu bellashuvga qadar terma jamoamiz Eron bilan 1998 yilgi Osiyo o'yinlari, 2007 yilgi Osiyo kubogida va JCH-2014 saralash bosqichining birinchi turida o'zaro to'qnash kelgan va birortasida ijobiy natijaga erishmagandi. Ushbu bahsdan so'ng biz boshqa eronliklar darvozasiga yo'l topa olmadik. Samvel Babayan ustozlik qilgan JCH-2018 saralashida Eron bilan ikki bor o'ynab hattoki darvozaga biror aniq zarba bera olmaganmiz. Toshkentda 0:1, mehmonda 0:2 hisobida qimmatli ochkolarni ulashganmiz. Lekin, bu ishni Abramov va Qosimov juda yaxshi uddalagandi. Garchi, Abramovning jamoasi imkoniyatni boy berib qo'ygan bo'lsada Keyrush shogirdlarini ancha qiynab qo'ygandi. Qosimov esa safarda muhtasham “Ozodi”da Eronni mag'lubiyatga uchrata olgan murabbiy sifatida tarixdan joy oldi. Bakaev esa hozircha g'alaba olib kelgan yagona gol va futbolchi bo'lib turibdi. Darvoqe, shu kuni uchrashuvni taniqli sharhlovchi Mirzahakim To'xtamirzaev maromiga etkazib sharhlagandi. Toshkentda kechgan bahsda Srechko Katanec shogirdlari forslar bilan bemalol o'ynash mumkinligini isbotlagandi. Umid qilamizki, ertaga ular "Ozodi"da g'alabani tantana qilishadi. 

Jahon chempionati-2014. Saralash bosqichi. 6-tur

Eron – O'zbekiston 0:1 (0:0, 0:1)

14.11.2012. Tehron (Eron). “Ozodi” stadioni

Bosh hakam: Ali Xamad Al-Badvaviy (BAA)

Gol: Ulug'bek Bakaev (71)

O'zbekiston: 12. Ignatiy Nesterov, 19. Vitaliy Denisov, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 4. Artyom Filiposyan, 23. Akmal Shorahmedov, 7. Aziz Haydarov, 8. Server Jeparov, 14. Fozil Musaev, 17. Sanjar Tursunov (22. Islom Inomov, 90+2), 22. Shohruh Gadoev (13. Oleg Zoteev,65), 10. Ulug'bek Bakaev (15. Aleksandr Geynrix, 85)

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

+2   
24 mar 11:55:37
abdimobile Abdimobilevich
Baqoyev qanday qilib Bakayev bo'lib qoldi, hayronman...
+1   
24 mar 11:57:52
oltin top
Sho‘rchidan foydalanuvchining fikriga javob berish
Masharipov: Yaxshiyam bular qizil oganakan dedi. Yo‘g‘e qirg‘izlar qizil oganmidi hali? Savol: Kopadze hech bo‘masa tanaffusda ham shu haqida gapirmaganmi? Biz bitta ko‘p o‘ynayapmiz bollar deb. Negativmas-u, Masharipovni intervyusidagi gaplari g‘alatimasmi?
йуғе,судия қизил курсатганда футболчи этироз билдиради бошқа қилади,норози булиб чиқиб кетади,шунча вақиалар буладию футболчиларимиз қизил берилганини сезмайдими? нима бало булар судия картечка курсатканда кузини юмиб утирганми?
+1   
24 mar 11:53:38
oltin top
ҳар сафар эрон билан уйнаганда шу ягона ғалабани эслаб тема қилиб чиқаравериб зерикмадингларми?
+1   
24 mar 11:47:59
Sho‘rchidan
Masharipov: Yaxshiyam bular qizil oganakan dedi. Yo‘g‘e qirg‘izlar qizil oganmidi hali?
Savol: Kopadze hech bo‘masa tanaffusda ham shu haqida gapirmaganmi? Biz bitta ko‘p o‘ynayapmiz bollar deb.
Negativmas-u, Masharipovni intervyusidagi gaplari g‘alatimasmi?
   
25 mar 00:23:57
Aziz Abdullayev
abdimobile Abdimobilevich foydalanuvchining fikriga javob berish
Baqoyev qanday qilib Bakayev bo'lib qoldi, hayronman...
Òzi aytgan meni Bakayev denglar deb hayolan rus bular yana bir ikkita yulduzcha artistchalarimiz ham bor òzbekcha gapirishga or qiladigan lola emas lòlaman deydigan munisa mas mashaman deydigan
   
24 mar 22:09:19
Bexzodbek Mannopov
abdimobile Abdimobilevich foydalanuvchining fikriga javob berish
Baqoyev qanday qilib Bakayev bo'lib qoldi, hayronman...
Менам энди шу саволни бермоқчийдим, футболчи бўлиб танилибдики Боқоев эди, тренерликка ўтди Бакаев бўп қолди.
   
24 mar 18:15:16
Азим Исмаилов
Fazliddin foydalanuvchining fikriga javob berish
Xullas oxirgi 3 ta o'yinda 9 ta himoyachi bilan o'ynab 0-0 hisobida durang qilishimiz kerak va biz Jch ga chiqamiz. Xujumda ishlarimiz yaxshimas bitta Shomurodov yursin unga uzoqdan paslar berishsa balkim birontasi o'xsahb qolar. O'xshamasa 9 ta himoyachi bilan gol o'tqazmaslikni amallash kerak.
Копадзени хам кушиб куйинглар шу таркибга
   
24 mar 12:26:11
Sodiq Nazarov
Sodiq Nazarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Юсупов Алижонов Ҳусанов Абдуллаев Ашурматов Насруллаев Сайфиев Ғайбуллаев Эшмуродов Мозговой Шомуродов
Мана шу таркиб 3 ўйинда 3 дурангга эриша олади
   
24 mar 12:24:36
Sodiq Nazarov
Fazliddin foydalanuvchining fikriga javob berish
Xullas oxirgi 3 ta o'yinda 9 ta himoyachi bilan o'ynab 0-0 hisobida durang qilishimiz kerak va biz Jch ga chiqamiz. Xujumda ishlarimiz yaxshimas bitta Shomurodov yursin unga uzoqdan paslar berishsa balkim birontasi o'xsahb qolar. O'xshamasa 9 ta himoyachi bilan gol o'tqazmaslikni amallash kerak.
Юсупов Алижонов Ҳусанов Абдуллаев Ашурматов Насруллаев Сайфиев Ғайбуллаев Эшмуродов Мозговой Шомуродов
   
24 mar 12:21:48
TEMUR
Baqoev yoki Qosimov emas Vitaliy Denisov
   
24 mar 12:15:35
Fazliddin
Xullas oxirgi 3 ta o'yinda 9 ta himoyachi bilan o'ynab 0-0 hisobida durang qilishimiz kerak va biz Jch ga chiqamiz. Xujumda ishlarimiz yaxshimas bitta Shomurodov yursin unga uzoqdan paslar berishsa balkim birontasi o'xsahb qolar. O'xshamasa 9 ta himoyachi bilan gol o'tqazmaslikni amallash kerak.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика