So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Bahrom Haydarov: "Navbahor" kabi jamoaga qarshi o'yinda 0:3 hisobidan keyin o'yinga qayta olish juda qiyin" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Navbahor" kabi jamoaga qarshi o'yinda 0:3 hisobidan keyin o'yinga qayta olish juda qiyin"

Superliga 11-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Qo'qon-1912" (3:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Navbahor"ni bugungi chiroyli g'alaba bilan tabriklayman. Muxlislarimizdan uzr so'rayman. Raqibimiz dastlabki 20 daqiqada tezkor futbol namoyish etdi. Biz ham bunga tayyor edik, ammo buni eplay olmadik. Odilov va Jiyanovlar ko'p xavf tug'dirishi bilardik. Bugun ularni to'xtatib qola olmadik. Ikkinchi bo'limda esa vaziyatlarimiz bo'ladi deb o'zgarishlar qildik. Keyin esa penalti va 3:0 hisobi. Shunga qaramay futbolchilar oxirigacha kurashdi. Imkoniyatlarimizdan foydalanishimiz uchun biroz mahorat etishmadi. Vaziyatlarning 50%dan foydalansak, natija boshqacha bo'lar edi" - deya fikr bildirdi Bahrom Haydarov bugungi bahs haqida.


- Jiyanov va Odilov haqida gapirdingiz. Sizning jamoangizga shunday tezkor vingerlar etishmayapti?

- Tezkor vingerlarni boshqa jamoalar olib qo'ydi. Biz Superligaga endi qaytdik va bizdek jamoalar futbolchilarni o'z safiga qo'shib olishda qiynalishadi. Nasib qilsa, Superliganing "ishonchli" ishtirokchisiga aylansak, Odilov va Jiyanov kabi mahoratli futbolchilarni safimizga jalb eta olamiz. Biz yangi jamoa tuzdik. Hali o'zgarishlar ham bo'ladi. 

- Qo'qon shahri hokimligi jamoadan qanchalik etibor qaratmoqda? 

- Ko'pchilikka malum bo'lsa kerak, bizning jamoada asosiy homiy yo'q. Viloyat hokimi imkon qadar yordam berib kelmoqda va homiy izlash jarayonida. Rahbarlarimiz Superligaga chiqish maqsadini qo'yishgan va imkon qadar yoshlarni o'ynatish maqsadi qo'yilgan edi. Tarkibimizdagi yoshlar esa har doim ham barqaror o'yin namoyish eta olishmayapti. Bunga 2-3 yil vaqt kerak. Misol uchun, "Surxon" va "So'g'diyona" kabi klublar yoshlardan iborat yaxshi tarkib tuza olgan va Superligada munosib ishtirok etib kelmoqda. Kelajakda akademiya va bazani ishga tushirish maqsadimiz bor. Joriy mavsumda maydon va mashg'ulot maydonini tamirlash uchun ham katta mablag' sarflandi. Rahbarlar jamoaga etibor berishni istamoqda. O'zingiz bilasiz, Qo'qon shahri mamlakatimiz futbolining vatani hisoblanadi. Xalqni xursand qiladigan jamoa yaratishimiz kerak. Har doim ham rejamizdagidek bo'lmayapti, so'nggi uchta turda yutqazdik. Qiyin vaziyatlardan birdamlik bilan chiqib keta olgan jamoa kuchli hisoblanadi.

- "Qo'qon-1912" ikkinchi golni juda tez o'tkazib yubordi. Ushbu gol jamoaning o'yinga tayyorlagan rejasiga qanchalik tasir qildi?

- O'yinni keyinchalik ham tahlil qilib ko'rib chiqaveramiz. Hozir esa dastlabki hissiyotim bilan bo'lishsam. Standart vaziyatlar ustida ko'p ishlaymiz, ammo birinchi va ikkinchi gol oralig'i juda kam bo'ldi. Keyin esa uchinchi gol. "Navbahor" kabi jamoaga qarshi o'yinda 0:3 hisobidan keyin yana o'yinga qayta olish juda qiyin.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика