So’nggi yangiliklar

11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  0 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  1 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  10 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  0 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  0 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  5 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  3 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  4 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  8 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  2 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  6 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  1 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  3

Bahrom Haydarov: “Farg'ona futboli sharafini munosib himoya qilish ustivor vazifamiz” Yangiliklar

Bahrom Haydarov: “Farg'ona futboli sharafini munosib himoya qilish ustivor vazifamiz”

Joriy yilning 26 martidan 1 apreliga qadar Qarshi shahrida “Barkamol Avlod-2017” sport musobaqasining saralash bosqichi bo'lib o'tdi.

Sportning turli yo'nalishlarida o'z imkoniyatlarini ishga solayotgan yosh sportchilar orasida Farg'ona terma jamoasi vakillari ham qizg'in raqobat olib borishmoqda. Quvonarli tarafi, sportning futbol turi bo'yicha saralashda ishtirok etayotgan Farg'ona jamoasi Qarshida bo'lib o'tgan bosqichda muvaffaqiyatli ishtirok etib Jizzax shahrida bo'lib o'tadigan final bosqichiga yo'l oldi. Musobaqada farg'onalik yosh futbolchilarga boshchilik qilgan tajribali mutaxassis, bugungi kunda “Neftchi” yoshlar jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat ko'rsatayotgan Bahrom Haydarov “Neftchi” futbol klubining matbuot xizmati vakillariga turnir borasidagi o'z fikrlarini taqdim etdi.

– “Birinchi o'rinda Farg'ona terma jamoasi bilan “Barkamol Avlod-2017” turnirining final bosqichiga yo'l olganimizdan xursandmiz. Umuman olganda Jizzaxdagi  bosqichga yo'llanma olish vazifasi oson kechmadi. Turnirdan avval viloyat rahbarlari tomonidan bizga musobaqaning final bosqichiga chiqish vazifasi yuklatilgan edi, – deb gap boshladi Haydarov

TURNIR HAQIDA

Musobaqada mamlakimizning 14 ta jamoasi ishtirok etdi. Respublika miqqiyosida bo'lib o'tadigan mana shunday turnirlarga ishtirokchilar turli-xil maqsad va vazifalar bilan tashrif buyurishadi. Biroq bu safar Qarshidagi o'yinlarda deyarli barcha terma jamoalar final o'yinlari bo'lib o'tadigan bosqichga yo'llanma olish uchun kurash olib borishdi. Bu esa o'z-o'zidan yuqori raqobatni yuzaga keltirdi. O'yinlarni ko'zatib shunday xulosaga keldimki, turnirga kelgan barcha jamoalar unga jiddiy munosabatda yondoshgandilar. CHunki xar bir terma jamoaga barcha o'yinlarni g'alaba bilan yakunlab final chiptasiga egalik qilish vazifasi topshirilgandi.  SHuningdek bizga ham. Turnir borasida yana fikr bildiradigan bo'lsam, ushbu musobaqa selekcionerlar uchun katta futbol bozoriga aylandi. CHunki u erda  18-19 yoshdagi yuqori istedodli futbolchilar ko'plab topilardi. Biz ham imkon qadar turnirdagi boshqa o'yinlarni kuzatib borib, bir qator iqtidorlarni ko'z ostimizga olib qo'ydik. SHu qatori Oliy liga klublarining selekcioner mutaxassilari turnirni diqqat bilan kuzatib borishdi. Mamlakatimizning turli nuqtalaridan kelgan jamoalar tarkibida yuqori mahoratli o'yinchilar talaygina bo'ldi. O'zbekiston Oliy ligasi, Yoshlar ligasi va Birinchi liga bahslarida muntazam o'ynab kelayotgan yosh shu bilan birgalikda o'ziga yarasha tajribaga ega futbolchilar o'rtasidigi raqobat ham qizg'in tus oldi. Hakamlik borasida ham ijobiy fikrlarni aytishim mumkin. O'yinlarda hakamlar juda xolisona ishlashdi. Hakamlik meyori normal bo'lgan holda futbol birinchi o'ringa chiqadi. Teng va halol kurash kechgan bellashuvda haqiqiy o'yin bo'ladi.

GURUH O'YINLARI HAQIDA

Musobaqada Farg'ona terma jamoasi “D” guruhidan o'rin egalladi. Guruhda bizga Toshkent, Surxondaryo va Navoiy termalari raqiblik qildi. Garchi guruhning barcha o'yinlarida g'alaba qozongan bo'lsakda guruh bellashuvlari juda og'ir va mashaqqatli kechdi. CHunki musobaqa reglamentiga ko'ra, guruhdagi 3 ta o'yinimizni xar kuni o'tkazdik, yani bir kun ham dam olishsiz guruh uchrashuvlarida ishtirok etdik. Yana bir qiyinchilik tarafi, turnir qaydnomasiga umumiy 14 nafar futbolchini kiritish buyicha ham reglament bandi mavjud edi. Zahiraning qisqa ekanligi baribir o'z tasirini o'tkazdi. Biroq shunga qaramasdan ham yigitlarning tayyorgarligi yaxshi ekanligi va o'yinga, muvaffaqiyatga bo'lgan munosabati hamda intilishi xar bahsda ularga qo'shimcha dalda bo'ldi. SHuningdek yoshlar bilan ishlash borasida yaxshigina tajribaga ega Xushbek Qosimov va delegaciya rahbari Tohir aka Kapadzelar turnir davomida xar taraflama yordam berib borishdi. Yakunda esa haqli ravishda birinchi o'rin bilan guruhdan chiqdik. Guruhdan chiqqanimizdan so'ng Andijon termasiga ro'baro keldik. Bu o'yin esa hal qiluvchi ahamiyat kasb etardi. Andijonliklar qarshi o'yin ham oson bo'lmadi. SHukurki, bellashuv bizning foydamizga hal bo'ldi. Termamiz tarkibida “Neftchi”dan 9 nafar, “Yozyovon-Lochinlari” va “Cementchi” klublari bir qator mahoratli yoshlar jamoamiz sharafini himoya qilishdi. Endi bizni Jizzaxda hal qiluvchi sinovlar kutmoqda. So'nggi bosqichda ham muvaffiyatli ishtirok etib bosh maqsadimizga erishishga jiddiy bel bog'laganmiz. Bu borada o'z shogirdlarimga ishonaman. Yana shuni takidlashni istardimki, Farg'ona futboli sharafini munosib himoya qilish ustivor vazifamiz hisoblanadi, – dedi Bahrom Haydarov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика