Bahrom Haydarov: "Bunchalik oson gol o'tkazib yubormasligimiz kerak edi"
02 noy 20:12
Yangiliklar
Bahrom Haydarov: "Bunchalik oson gol o'tkazib yubormasligimiz kerak edi"
"Turnir jadvalida bir-biriga yaqin jamoalar to'qnash kelishdi. O'ylaymanki teng o'yin bo'ldi. Ikkala jamoaga ham ochko juda zarur edi, shu bois maydonda ko'p kurash bo'ldi. Boshida o'yinni yaxshi boshladik, nazorat qilayotgan edik. Bunchalik oson gol o'tkazib yubormasligimiz kerak edi. Hisobda ortda qolishni boshlagach, jamoamizda asabiylik paydo bo'ldi va oddiy vaziyatlarda sovuqqonlik etishmadi. Bizda ham vaziyatlar bo'ldi, Hasanovda, Dacida. Agar o'sha vaziyatlardan foydalanganimizda o'yin boshqacha bo'lardi. Teng o'yin bo'ldi. "Mashal"ni g'alaba bilan tabriklayman", - dedi Bahrom Haydarov.
- Hakamlarga nisbatan ko'p bor etiroz bildirdingiz. Aynan qaysi vaziyatlarga nisbatan etiroz bo'ldi?
- O'yin paytida baribir qizishib ketish bo'ladi. Hasanov yiqilgan paytda penalti so'radim. Hakam o'z qarorini tushuntirdi va bizda boshqa etiroz bo'lmadi. Oldimizda 3 ta o'yin bor va nasib qilsa oldimizga qo'yilgan vazifani bajaramiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar