So’nggi yangiliklar

15:39"Насаф" аламли тарзда мағлубиятга учраган муҳташам "Қирол Абдуллоҳ" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  0 15:05"Реал" умидли ҳимоячи билан шартномани узайтирди  0 14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  1 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  1 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  9 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  9 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  1 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  6 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  2 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  5 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  10 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1

Bahrom Haydarov: "AGMK funkcional tomondan bizdan kuchliroq, ochiq o'yin ko'rsatganimizda hisob yiriklashib ketishi mumkin edi" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "AGMK funkcional tomondan bizdan kuchliroq, ochiq o'yin ko'rsatganimizda hisob yiriklashib ketishi mumkin edi"

Coca Cola Superligasining 5-turidan o'rin ogan AGMK – “Surxon” (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov o'z fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida
Albatta, bunday mag'lubiyatga uchrash har bir jamoa uchun juda alamli. Lekin bugungi o'yinda xursand qilgani, har bir futbolchimiz o'yinga rejalashtirilgan taktikani to'liq bajarishdi. Omad kelmadi va futbolchilarning texnik mahorati ozroq pand berdi.
Umuman olganda, jamoa vazifani to'liq bajardi. O'yinni tahlil qilib chiqsak, kim qaerda xato qilganini ko'rib chiqamiz.

Darvozabon o'yin boshidan boshlab ko'p vaqt cho'zdi...

Har xil o'yin bo'lib turadi. Biz bugun durang uchun kelmagandik, chunki turnir jadvaldagi holatimizga ko'ra har bir o'yinda uch ochko uchun o'ynashimiz kerak. Darvozabonimiz jamoadoshlarini o'z poziciyasini egallab olishlari uchun shunday qilgandir.

Butun o'yin davomida AGMK tashabbusga ega bo'ldi, mezbonlar haqli ravishda g'alaba qozondi deb hisoblamaysizmi?

Albatta, jamoa g'alaba qozongandan keyin haqli ravishda g'alaba qozongan bo'ladi, biz nohaq mag'lubiyatga uchradik demoqchi emasman. Har bir o'yin va har bir raqibga qarab o'yin strategiyasini ishlab chiqishimizga to'g'ri keladi. Masalan, kechagi o'yin ham ko'rsatdi, ochiq o'yin nimalarga olib kelishini. AGMK funkcional tomondan bizdan kuchliroq, agar ochiq o'yin ko'rsatganimizda hisob yiriklashib ketishi mumkin edi. Biz o'z imkoniyatimiz kutdik, bir-ikki vaziyat bo'ldi, undan foydalanganimizda, balki natija boshqacharoq bo'lardi.

SHavkat Salomovning yo'qligi qay darajada tasir qildi?

Albatta, har bir futbolchining o'z o'rni bor, ayniqsa, SHavkat Salomovdek mahoratli futbolchini. Lekin biz har qanday holatga tayyor turishimiz lozim. Diskvalifikaciya muddati tugadi, o'ylaymanki, u keyingi o'yinlarda bizga yordam bera oladi.


Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика