So’nggi yangiliklar

11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  0 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  2 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  7 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  4 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  12 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  9 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  4

Bahrom Hakimov: “Vetnamni yutmasak bo'lmaydi” Yangiliklar

Bahrom Hakimov: “Vetnamni yutmasak bo'lmaydi”

Bugun milliy terma jamoamiz OCH-2015 saralash bahslarini davom ettiradi. Bosh jamoamiz qarshisida, bu safar Vetnam milliy terma jamoasi gavdalanadi.
Nom jihatdan u qadar jiddiy raqib bo'la olmasada, bu terma jamoa ham oxirgi yillarda anchagina o'sishga erishmoqda deyish mumkin. SHu bois yigitlarimiz bugungi raqibni hurmat qilgan xolda o'ynashsa, foydadan xoli bo'lmaydi.

Milliy terma jamomizning bugungi mug'im o'yinidan oldin, mutaxassislar bilan suhbatlashib ularning ham fikrlari bilan qiziqdik. Dastlabki musohabamiz qo'qonlik taniqli murabbiy Bahrom Hakimov bilan bo'ldi.

- Avvalo sizni va championat.asia sayti orqali butun xalqimizni Iyd Qurbon Xayit bayrami bilan chin dildan muborakbod etaman - deya gap boshladi Bahrom Mamajonovich.

- Milliy terma jamoamizning 2014 yili Braziliyada o'tadigan JCHga yo'llanmani qo'la kirita olmagani, butun o'zbek futbol muxlislarini qayg'uga solgani bor gap. Vaholanki, nufuzi bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadigan ushbu musobaqaga borish uchun atiga bir qadam qolgandi. Undan ilgari ham olimpiada yo'llanmasidan mana shunday alamli tarzda quruq qolgandik. Bu uzoq vaqt futbol xo'jaligida taxlil qilindi va har kim o'z fikrini bildirdi. Afsuski, endi bundan foyda yo'q.

- Bundan buyon asosiy etiborimizni OCH-2015ga qaratmog'imiz lozim. Vetnamni ertaga muxlislar haqqi hurmati uchun ham yutmasak bo'lmaydi. Buni bizdan ko'ra, hozir futbolchilarning o'zlari ham juda yaxshi tushunib turishgan bo'lsa ajab emas.

- O'ylaymanki, futbolchilarimiz bugungi raqibini mag'lubiyatga uchrata olishni uddasidan chiqadi. Vetnam u qadar kuchli raqib emas. Lekin har qanday xolatda ham bu jamoani hurmat qilish kerak.

- O'ylaymanki, milliy terma jamoamiz ikkita to'p farqi bilan g'alaba qozonadi. Ochig'i, bu o'yinga qaysi futbolchilarni taklif etilgani haqida to'liq malumotga ega emasman. SHu bois Vetnam bilan o'yinda qanday taktikada o'ynash kerakligi to'g'risida, bir nima deyishim qiyin. Tarkibni murabbiy hal qiladi.

- Iordaniyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, ko'pchilik endi yoshlarga imkoniyat berib, terma jamoada avlodlar almashinuvini amalga oshirish joiz qabilidagi fikrlarni ilgari surmoqda. Mutaxassis sifatida bunga qanday qaraysiz?

- To'g'ri, yoshlarni pishitib borish kerak. Lekin bu birdaniga amalga oshiradigan jarayon emas. “Nasaf”dagi faoliyatimdan kelib chiqib aytishim mumkinki, asosiy tarkibga 1-2ta yoshlarni kiritib, sekin asta ularni mahoratini o'stirmoq lozim. Zudlik bilan asosiy tarkibning 5-6 nafar o'yinchisini yoshlardan iborat qilish ham ko'pincha o'zini oqlamaydi. Istaysizmi yo'qmi, baribir natija birinchi o'rinda turadi. Muxlislar ham avvalo natijaga qarab, ishingizga baho beradi. O'sha yoshargan tarkib bilan natijalar ijobiy kechsa. O'z yo'liga. Aks xolda, bunga bosh murabbiy javobgar bo'ladi. SHuning uchun bu bosqichni asta-sekin o'tkazgan maqul, menimcha.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика