So’nggi yangiliklar

23:36"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  0 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  7 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  6 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  5 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1

Bahrayn bosh murabbiyi: "Tarkibimizdagi 80 foiz futbolchi havaskor" Yangiliklar

Bahrayn bosh murabbiyi: "Tarkibimizdagi 80 foiz futbolchi havaskor"

Osiyo Kubogi nimchorak finali doirasidagi Janubiy Koreya - Bahrayn (2:1) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumanida dastlab Miroslav Soukup ishtirok etdi.

"Bugun Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'ynadik. 90 daqiqadan so'ng hisob 1:1 edi. Juda qiyin o'yin bo'ldi. Bunday kuchli jamoaga qarshi munosib o'ynadik. Jamoamdagi 80 foiz futbolchi havaskor, ularning boshqa ishi ham bor. Ular Janubiy Koreya bilan tengma teng o'ynashdi. Ishlashda davom etishimiz kerak, shunda bizni yorqin kelajak kutmoqda. Asosiy vaqt tugagach ko'pchilik penaltilar seriyasi haqida o'ylab qolgan bo'lsangiz kerak. Ammo oldinda qo'shimcha taymlar bor edi. Bu biz uchun katta tajriba. Endi futbolchilarim o'ziga yanada ko'proq ishonadi. 

Uchrashuvdan keyin statistikani ko'rdim, burchak to'plari va darvozaga berilgan zarbalar bo'yicha ustunlik qilibmiz. Bugun Koreya kuchli bo'lgani uchun emas, aqlli o'ynagani uchun yutdi.

Bir haftadan keyin mening shartnomam tugaydi. Kelajagim haqida bilmayman. Bahraynda qolamanmi yoki yo'qmi hozircha bilmayman. Barchasi rahbariyatning qaroriga bog'liq.

Faoliyatim davomida birinchi marta qo'shimcha taymda darvozabonni almashtirishimga to'g'ri keldi", - deydi Soukup. 


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика