So’nggi yangiliklar

10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  0 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  6 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  3 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  8 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  8 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  4 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1

Bahodir Toshmuhammedov: ”Futbol texnikasisiz taktika bo'lmaydi” Yangiliklar

Bahodir Toshmuhammedov: ”Futbol texnikasisiz taktika bo'lmaydi”

O'tgan 22 yil davomida yurtimizda futbol sohasiga, xususan, bolalar futboliga juda katta etibor qaratildi.
Buning natijasi o'laroq, respublikamizning ko'pgina joylarida futbol maktablari tashkil etilib, bolajonlar ixtiyoriga topshirilmoqda. SHubha yo'qki, so'nggi yillarda eng katta etibor “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qaratildi. Akademiyada futbol sirlarini o'rgatish uchun barcha shart-sharoit alo darajada tashkillashtirilgan. O'z navbatida akademiyada yuqori saviyadagi mutaxassislar faoliyat yuritishadi. Bugungi suhbatimiz akademiyaning 1998 yilda tug'ilgan bolalaridan iborat jamoasiga ustozlik qiladigan Bahodir Toshmuhammedov bilan bo'ladi.   

-Bahodir aka, murabbiylik sohasiga qadam tashlashingiz qanday kechgan?

- 1972 yil hozirgi Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagach, 8 yil davomida o'z soham bo'yicha faoliyat yuritdim. Otam – Isoqjon aka Toshmuhammedov futbol murabbiyi bo'lgan. Ota kasbmi yoxud futbolga mehrim ustunlik qilibmi, 1982 yilda Respublika olimpiya zahiralari kollejiga murabbiy sifatida ishga joylashdim. So'ngra “CHilonzor”, “Do'stlik”, “Paxtakor” klublari hamda O'zbekiston yoshlar va o'smirlar terma jamoalarida murabbiy, katta murabbiy lavozimlarida ishladim. 2011 yilda “Bunyodkor” futbol akademiyasiga taklif etildim.

-Qo'l ostingizda qancha bola futbol sirlarini o'rganishadi?
- Hozir akademiyada 1998 yilda tug'ilgan bolalarga murabbiylik qilaman. Qo'l ostimda 40 ta bola shug'ullanadi. Biroq ko'rikka kelgan bolalar hisobiga bu ko'rsatgich har kuni 48-50 tani tashkil etadi. Mashg'ulot jarayonini ikki – asosiy tarkib va o'rinbosarlardan iborat guruhlarga  bo'lgan holda olib boramiz. Bunda albatta asosiy tarkibni tanlab olish birmuncha qiyinchilik tug'diradi. Nega desangiz, har bir o'yinchi o'ziga xos istedod sohibi. SHunday bo'lsa-da, asosiy tarkibga jismoniy va ruhiy jihatdan o'yinga tayyor bo'lgan bolalarni jalb qilishga harakat qilamiz.  Hozirda jamoamizdan 3 kishi: Hodjaev Akrom, Madrahimov Sardor, Jumaev Maruf O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ixtiyoriga chaqirilgan. Bu albatta quvonarli holat. Negaki, har bir murabbiy uchun o'z shogirdining terma jamoa yig'inlariga jalb qilinishi – bu mehnatingiz o'z qadrini topganligining yaqqol namunasidir.

-Sizning-cha,  futbolchi uchun ruhiy va jismoniy tayyorgarlikning o'rni qay darajada?
- Siz tilga olgan bu ikki jihat futbolchi uchun ham, jamoa uchun ham eng muhim va eng kerakli tushunchalardir. Jismoniy tayyorgarlik o'z-o'zidan malum, futbolda tezkorlik g'alaba kafolatlaridan biri sanaladi. SHu bilan bir qatorda ruhiy tayyorgarlikning o'z o'rnida bo'lishi ham zarurdir. Futbolchi qachon yaxshi o'ynaydi? Qachon o'zini ko'rsata oladi? Qachonki, unda ruhiy barqarorlik bo'lsa, o'yinga ruhiy jihatdan tayyor bo'lsagina… Biz ham jamoa ruhiy holatini bir maromda yuqori tutib turish uchun kerak bo'lsa, har bitta bola bilan individual tarzda shug'ullanamiz.

-Murabbiy-psixolog tushunchasiga qanday qaraysiz?
- Menimcha, har bir murabbiy bu kabi sifatlarni o'zida qaror toptirmog'i kerak. Bolalar bilan ishlash jarayonida ularning ruhiyatidan doimiy ravishda xabardor bo'lish lozim. Negaki, o'yinda har xil vaziyat yuzaga keladi. Tajribam davomida shunaqa holatlar ham uchraganki, goh ularga nisbatan qattiqqo'llik qilganmiz, goh ularni ruhlantirib, kerakli natijaga erishganmiz. Sizga aytsam, har bitta bola bilan mashg'ulot jarayonida do'stlardek samimiyat-u ustozlardek qattiqqo'llik sifatlarini o'zaro uyg'unlashtirmoq kerak. SHundagina bola ortiqcha bosimlarsiz shug'ullanadi.

-Siz professional futbolchilar bilan ham ishlagansiz. Hozirda bolalar murabbiyisiz. Ayting-chi, bolalar va kattalar bilan ishlashning qanday farqli jihatlari mavjud?

- Bitta narsani alohida takidlashim joiz, asosiy tarkib va bolalar bilan ishlash o'rtasida anchagina farq bor. Jumladan, asosiy tarkibda qo'l ostingizda malum bir texnikaga ega bo'lgan o'yinchilar jamlanadi. Ular bilan o'zingiz tanlagan uslubda o'ynashingiz mumkin. Bu erda esa aksincha. Akademiyada futbolchi uchun eng muhim sifat – futbol texnikasini bolalarda shakllantirishimiz kerak bo'ladi. SHundan keyingina murabbiyga xos o'yin uslubi haqida gapirish mumkin. Bolada futbol texnikasini shakllantirmasdan turib, malum bir uslub asosida o'yin qurish mushkul masala. Bolalar murabbiyining masuliyati ham, qiyinchiligi ham, shu bilan bir qatorda zavqi ham shundadir balki…

Sanjar ISMATOV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика