So’nggi yangiliklar

18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 0:0 (матнли трансляция)  1 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  4 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  10 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

Bahodir Nasimov: Ozarbayjonga pul uchun ketmadim Yangiliklar

Bahodir Nasimov: Ozarbayjonga pul uchun ketmadim

O'zbekiston milliy termasining sobiq hujumchisi Bahodir Nasimov faoliyatini yana Ozarbayjon chempionatida davom ettirmoqda.

Ham­yurtimiz «Keshla» klubi bilan shartnoma imzoladi. O'tgan mavsum mamlakat kubogi sohibi bo'lib, Evropa Ligasining saralash bahslarida o'ynash huquqini qo'lga kiritgan bu klub Nasimov orqali hujum chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilgan. Bahodir uchun ushbu mamlakat futboli begona emas.

Tajribali hujumchi 2010|2011 yillar mavsumida Bokuning «Neftchi» klubi safida Ozarbayjon chempionati to'purari bo'lgandi. Nasimov 2014 yili «Neftchi»ni tark etgandi. SHundan keyin u Eronning «Padideh», Janubiy Koreyaning «Ansan» klublarida o'ynadi.

Orada «Bunyodkor» sharafini ham himoya qildi. Futbolchi so'nggi yarim yilni «Buxoro» safida o'tkazib, 11ta o'yinda 3ta gol urdi. 

- Bahodir, Ozarbayjon klubiga o'tish varianti qanday paydo bo'ldi?

- Agentlar Ozarbayjon jamoasidan taklif bo'layotganini aytishdi. Klubdagi sharoitlar, jamoa oldiga qo'yilgan vazifalarni o'rganib chiqqach, bu taklifga rozilik berdim.

- «Buxoro»dan osonlikcha qo'yib yuborishmagandir?

- Ha, albatta. CHunki jamoa bilan hali amalda shartnomam bor edi. Lekin boshqa tomondan olib qarasak, kelishuvda xorij klublaridan taklif tushsa, qo'yib yuborishlari haqida band ham kiritilgandi. Ana shu imkoniyatdan foydalanib, Ozarbayjon chempionatiga yo'l oldim. Meni to'g'ri tushungani uchun Ulug'bek Baqoevga minnatdorlik bildiraman.

- Ozarbayjon klubining taklifi nimasi bilan qiziqarli bo'ldi? Yoki maosh «Buxoro»dagidan ko'pmi?

- Yo'q, birinchi galda «Keshla»ning Evropa Ligasida ishtirok etishi diqqatimni o'ziga tortdi. Ikkinchidan, o'zimni yana bir bor legioner sifatida sinab ko'rish imkoniyati yuzaga kelgani uchun bu chaqiruvga rad javobini bera olmadim. Uchinchidan, Ozarbayjon chempionati men uchun begona emas.

Bir necha yil davomida ushbu mamlakatning eng mashhur jamoasi - «Neftchi» sharafini himoya qildim. 2011 yilda Ozarbayjon chempionati to'purari va ketma-ket uch marotaba mamlakat chempioni bo'ldim. Ana shu omillar «Keshla» taklifini qabul qilishimga zamin yaratdi. Yashirmayman, taklifning moliyaviy tomonini ham o'yladim. Lekin bu eng birinchi masala emas.

- Bosh murabbiy mahalliy mutaxassismi? U bilan gaplashib oldingizmi?

- «Keshla» klubining murabbiyi ukrainalik. U bilan gaplashib olgandik. Lekin Evropa Ligasining birinchi bosqich ilk uchrashuvidagi yirik mag'lubiyatdan so'ng Maksimov istefoga chiqarildi.

- Jamoa bilan tanishishga ulgurdingizmi? Klubda avval birga o'ynagan futbolchilar bormi?

- Ha, bor. SHu bois, yangi jamoaga kirishib ketish jarayoni qiyin kechmadi. Klub bilan yaqindan tanishib chiqdim va bu jarayon hamon davom etmoqda.

- Mashg'ulotlarda farq sezdingizmi?

- Endi 2-3ta mashg'ulotda ishtirok etganim uchun katta farq sezmadim. Bosh murabbiy ham istefoga chiqarildi. SHu sababli hali taktika haqida hech qanday malumotga ega emasman. Yangi tayinlanadigan murabbiy o'zining futbolga yangicha qarashlarini joriy qilsa kerak.

- Evropa Ligasining birinchi o'yi­­n­ida maydonga tushmadingiz. Buning sababi nimada? Yoki ro'yxatdan o'tkazishga ulgurishmadimi?

- Yo'q, UEFAga berilgan ro'yxatda ism-sharifim bor. Lekin viza o'z vaqtida taqdim etilmagani uchun ilk o'yinda maydonga tushmadim. Keyingi o'yinlarda bunday muammo bo'lmaydi.

- Jamoada sizdan boshqa legionerlar ham bormi?

- Bor, albatta. Mendan tashqari yana olti nafar xorijlik futbolchi bor. SHulardan 3-4 nafarini taniyman, ular oldin ham Ozarbayjon chempionatining boshqa klublarida o'ynashgan.

- Hozir qaerda yashayapsiz?

- Alohida uy berishgan.

- Klub rahbariyati «Keshla» oldiga chempionat uchun aniq vazifa qo'yganmi?

- Mavsumni evrokuboklarga yo'llanma beruvchi o'rinlarda yakunlashimiz kerak.


K.ALIMOV suhbatlashdi. "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика