So’nggi yangiliklar

01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  0 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  2 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  1 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  2 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  7 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  10

Bahodir Ahmedov: "Yosh o'yinchilarimizdan ko'nglim to'q" Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "Yosh o'yinchilarimizdan ko'nglim to'q"

Teglar :  Bahodir Ahmedov
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun Eronga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi(2:3). Ushbu uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Fikr bildiradigan bo'lsam, yoshlarimizning o'yinidan ko'nglim to'ldi, yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Lekin, juda ko'p kamchiliklarimiz bor. Yaxshi bilasizlar, orada katta tanaffus yuzaga kelgan edi. SHunga qaramasdan yigitlar yaxshi o'ynashdi. Xato va kamchiliklar ustida ishlaymiz",- deydi Bahodir Ahmedov.

- 2016 yilgi Osiyo chempionatidan so'ng Eron bilan Ashhoboddagi Osiyo o'yinlarida ham o'ynadik va mana bugun. Bu uchta o'yin o'rtasida farq bormi? CHunki, raqibda va bizda tarkib o'zgardi...

- Etibor bergan bo'lsangiz juda ko'p yosh o'yinchilar etishib chiqdi. Ularga etibor bermoqdamiz. Eron bilan birinchi uchrashuvda ularning ayrimlari debyut qilishdi va hayajonda o'ynashdi. Bugun esa ishonchli harakat qilishdi. O'zimizning ikkita xatoimiz sabab birinchi bo'limda gol o'tkazib yubordik. Raqibning uchinchi goli esa chiroyli chiqdi, ochig'i qarsak chalish kerak. Lekin, yigitlardan ko'nglim to'q. Bir yildan beri o'zimizda o'ynamagandik. Avvalgi o'yinda yoshi katta o'yinchilarimiz ham xato qildi. Yoshlarimizda biroz hayajon sezildi. Bundan keyin xalqaro o'yinlar orqali Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'ramiz. 

- Jarohat olgan o'yinchilar haqida nima deya olasiz?

- Ularning holati yaxshi. Faqat jarohatlanganlarni bugun tushirmadim. Bizga hali kerak ular. 10 kunlardan keyin butunlay mashg'ulotlarda ishtirok etishni boshlashadi. Noyabr oyida bir oylik yig'in o'tkazamiz. SHu yig'inda yana bir qator yoshlarimizni va jarohat olgan o'yinchilarni sinovdan o'tkazib olamiz. Nazorat o'yinlari bo'ladi. Bu borada muzokara ketyapti. Raqiblar rozi bo'lsa ko'proq nazorat uchrashuvlarini o'tkazamiz. 

- Nazorat o'yinlarida raqiblar aniqmi?

- BAAda turnir bo'lib o'tadi. U erda BAA, Yaponiya va boshqa Evropa terma jamoalari ishtirok etishi kutilmoqda. Qirg'iziston bilan ham nazorat o'yinlarida qatnashamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика